platina.uz
Jahon

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi. (https://daryo.uz/k/2022/12/30/hindistonda-dok-1-maks-dorisini-ishlab-chiqargan-zavod-ustidan-tekshiruvning-dastlabki-natijalari-elon-qilindi)NDTV telekanali xabariga koʻra, tekshiruv 30 dekabrga oʻtar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishni talab qilgan. Telekanal xabariga koʻra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini taʼminlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan. Hindiston sogʻliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi. “Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli oʻtkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda toʻxtatildi. Tergov davom etmoqda”
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid