platina.uz
Jahon

Filippinda suv toshqini qurbonlari va bedarak yoʻqolganlar soni yana ortdi

Filippinda suv toshqini qurbonlari va bedarak yoʻqolganlar soni yana ortdi
Filippinda kuchli yomgʻir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 44 kishi halok boʻldi, 28 kishi bedarak yoʻqoldi. Bu haqda TASS xabar berdi. Xavflarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish boʻyicha milliy kengashning hisobotida aytilishicha, suv toshqinidan mamlakatning10 ta hududida 509,3 mingdan ortiq kishi jabrlangan. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 151 evakuatsiya markaziga 15,8 ming kishi koʻchirilgan. Kamida 1,42 ming kishi uyini oldindan tark etgan, 12 kishi turli tan jarohatlari olgan. Respublikaning toʻqqiz viloyatida tabiiy ofat bilan bogʻliq 434 ta hodisa, jumladan, suv toshqinlari va koʻchkilar qayd etilgan. Shuningdek, suv toshqinlari sabab 983,4 ming dollar miqdorida 4,5 ming uyga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, 129 ta yoʻl va 14 ta koʻprikni vayron qilgan, 19 ta dengiz portiga zarar yetkazgan. 63 ta shaharda elektr taʼminotidagi uzilishlar qayd etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid