platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
29 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yoʻlladi. Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Joriy yilning 14-15 iyul kunlari Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi hamda 20-21 oktabr kunlari Oʻzbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifida, shuningdek, koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Barcha ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlik ancha faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo hajmi oshmoqda, sanoat, energetikada kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, samarali hududlararo aloqalar rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari roʻyobga chiqarilmoqda. Parlamentlararo muloqot, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yangi darajaga koʻtarilgani taʼkidlandi. Suhbat yakunida Oʻzbekiston Prezidenti va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklarini bildirdilar.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid