platina.uz
Sport

Ronaldu va Ramos bitta jamoada faoliyatini davom ettirishi mumkin

Ronaldu va Ramos bitta jamoada faoliyatini davom ettirishi mumkin
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi «PSJ» himoyachisi Serxio Ramosni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda Marca xabar berdi. Klub rahbariyati futbolchi bilan uchrashib, taklif va loyiha haqida muzokara oʻtkazmoqchi. Ramosning «PSJ» bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shu bois 36 yoshli himoyachi tez orada istalgan jamoa bilan muzokara olib borishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, avvalroq OAV portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani haqida xabar bergan edi. 37 yoshli futbolchi 2030 yilgacha shartnoma tuzadi, avvaliga oʻyinchi sifatida klubda oʻynaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid