platina.uz
Jamiyat

Prezident "rayono" va "oblono"ni eski tizim sarqiti deb atadi

Prezident "rayono" va "oblono"ni eski tizim sarqiti deb atadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman va viloyat xalq taʼlimi boʻlimlarini tanqid qildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda. "Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yoʻq. Nari borsa 10 foiz bola matematik boʻlishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga koʻra taʼlim berishni oʻrganishimiz kerak. Bola oʻziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek oʻrgatishni toʻxtatib, qiziqish sohasiga urgʻu qaratish lozim. "Rayono" va "oblono" siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yoʻq qilishni istayapman, maktablarning oʻzi «rayono» va «oblono» boʻlishlaring kerak.   Oʻrtadagi boshqa pogʻonalar nimaga kerak? Ular boʻlgani uchun oʻqituvchi qadam qoʻya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi. Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida "gorono"ga xoʻjayinlik qilishi kerak.   Biz eski tizimga moyillik qilamiz, "Rayono" nima desa shuni qilamiz. Zamon oʻzgarmoqda, kechirasizu, qishloq xoʻjaligida paxtaga tizim oʻzgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda. Qachon qishloq xoʻjaligida ikki millard dollarlik eksport boʻlar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor», — dedi Prezident.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid