platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi. 2022 yil 1 dekabr holatiga, Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya roʻyxatga olingan. 2 yil ichida ularning soni 2 baravar koʻpaydi. Joriy yilning 11 oyi davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan, bu oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻproq. Bunda, toʻlangan soliqlarning 98 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:
  • Meta - 18,6 mlrd so'm;
  • Google - 14,8 mlrd so'm;
  • Apple - 6,2 mlrd so'm;
  • Vooking.som - 1,4 mlrd so'm;
  • Netflix - 867,7 mln so'm;
  • Xsolla - 798,1 mln so'm;
  • Yandex - 445,5 mln so'm;
  • Paddle.som - 404,2 mln so'm;
  • LinkedIn - 234,1 mln so'm;
  • Adobe Systems - 180,3 mln so'm.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid