platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 2022 yilda 807 ta maktabda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi

Oʻzbekistonda 2022 yilda 807 ta maktabda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi
2022 yilda Oʻzbekistondagi 800 dan ortiq maktabda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Xalq taʼlim vazirligi xabar berdi. Joriy yilda Investitsiya, “Obod qishloq” va Obod mahalla” hamda qoʻshimcha dasturlar doirasida, shuningdek, mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobidan xalq taʼlimi tizimidagi jami 807 ta umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarilgan. Jumladan, Investitsiya dasturi doirasida 341 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 257 ta, Prezidentning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida 51 ta, mahalliy byudjet va homiylik makblagʻlari hisobidan 30 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari, shuningdek, 128 ta xom gʻishtdan qurilgan filial binolarini qayta qurish amalga oshirilgan. Mazkur maqsadlar uchun jami 3,2 trln soʻm byudjet mablagʻlari yoʻnaltirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 942 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminoti va infratuzilmasi yanada yaxshilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid