platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston JSTga qoʻshilish uchun muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston JSTga qoʻshilish uchun muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda
Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev raisligida Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishning hozirgi holati, bu boʻyicha Ishchi guruhning 6-yigʻilishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, hozirga qadar JSTga aʼzo davlatlar rejalashtirilgan muzokaralarni tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlarni olgan. JSTga aʼzo davlatlar va Tashkilot Kotibiyati bilan avval erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga barcha zarur hujjatlarni tayyorlash va JSTga aʼzo davlatlar bilan aniq muddatlarda ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash boʻyicha individual rejalar ishlab chiqish topshirildi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid