platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ohangarondagi gaz "zapravka"da sodir boʻlgan ommaviy janjalga nima sabab boʻldi? (video)

Ohangarondagi gaz "zapravka"da sodir boʻlgan ommaviy janjalga nima sabab boʻldi? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangarondagi metan gaz quyish shoxobchasida janjal kelib chiqgani aks etgan videoxabarlar jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab boʻldi. [video width="480" height="600" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/video_2022-12-29_14-46-06.mp4"][/video] Toshkent viloyati IIBBning oʻrganishlar natijasida, voqea avtomobillarga gaz quyish jarayoni yoki u yerda navbat talashgan haydovchilar bilan bogʻliq emasligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, holat Ohangaron tumani "Shodmalik" mahallasida oʻtkazilgan toʻy marosimida sodir boʻlib, xonadonga mehmon sifatida kelgan kuyovning joʻralari va kelinning sinfdosh doʻstlari tadbirda oʻzaro tortishib qolganlar.
Ohangarondagi gaz "zapravka"da sodir boʻlgan ommaviy janjalga nima sabab boʻldi? (video)
Shundan soʻng, ular toʻy boʻlayotgan xonadon yaqinida joylashgan, hozirgi kunda taʼmirlash ishlari sabab ish faoliyatida boʻlmagan gaz quyish shoxobchasi hududiga oʻtib, bir birlari bilan urishib, janjallashganlar.
Ohangarondagi gaz "zapravka"da sodir boʻlgan ommaviy janjalga nima sabab boʻldi? (video)
Ushbu voqea yuzasidan hududiy ichki ishlar boʻlimiga biror xabar kelib tushmagan.
Ohangarondagi gaz "zapravka"da sodir boʻlgan ommaviy janjalga nima sabab boʻldi? (video)
Qayd etilishicha, janjalda ishtirok etganlarning barchasi oʻrnatilgan tartibda jinoyat ishiga jalb etilib, tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi, 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid