platina.uz
Jamiyat

Mutaxassis: “Paqildoq”lar bolalarni koʻrish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin

Mutaxassis: “Paqildoq”lar bolalarni koʻrish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin
Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari "paqildoq" ommalashib ketmoqda. Bu esa insonlar uchun xavflidir. Inson tabiatan oʻziga ham, yaqinlariga ham yomonlikni ravo koʻrmaydi. Ayniqsa, farzandlarini turli falokatlardan uzoq tutadi. Ammo Yangi yil arafasida avj olayotgan “paqildoq”lar mavsumida buning aksi kuzatilmoqda. Otabek Ikromov, Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori: "Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda “paqildoq” va salyutlardan olingan jarohatlar tufayli birgina bizning shifoxonamizga yuzga yaqin ogʻir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi. Yuz, qoʻl sohalarida ogʻir kuyish, koʻzlar shikastlanishi va koʻrish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi kuzatiladigan bunday bolalar, afsuski, tegishli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat chekmoqda. Hatto bemorlardan bir qismi lahzalik zavq uchun umrbod nogironlikka mahkum boʻlyapti. Koʻzning pirotexnika vositalari taʼsirida kuyishi bir necha darajaga boʻlinadi: I daraja(yengil kuyish)da koʻz terisi va shilliq qavati qizarishi, shishishi, eroziyalangan yuzalar shox pardada paydo boʻlishi kuzatiladi. Bu alomatlar koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. II daraja(oʻrtacha kuyish)da koʻz shox pardasi va konʼyunktivasida pufakchalar hamda shox parda yuzasida xiralashish paydo boʻladi . III daraja(ogʻir kuyish)da shox pardaning chuqur xiralashishi, qovoqlar nekrozi yuz beradi. IV daraja(oʻta ogʻir kuyish) barcha koʻz toʻqimalarining chuqur nekrozi bilan kechadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid