platina.uz
Jamiyat

Infografika: Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng koʻp savdo qilmoqda?

Infografika: Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng koʻp savdo qilmoqda?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar-noyabr oyi uchun Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 19,2 foizga oʻsib, 6,8 mlrd dollarga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 15,1 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 2,8 mlrd dollarni (oʻsish 16,2 foiz), importi esa 4,0 mlrd dollarni (oʻsish 16,2 foiz) tashkil etdi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylari yakunida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi: – Qozogʻiston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarni (oʻsish 18,8%) tashkil etib, eksport hajmi 1,3 mlrd dollarga, import hajmi esa 2,9 mlrd dollarga yetdi. – Qirgʻiziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarni (oʻsish 31,3%) tashkil etib, eksport hajmi $866 mln.ga, import hajmi esa $254 mln.ga yetdi. – Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 858,6 mln dollarni (oʻsish 12,8) tashkil etib, eksport hajmi 184,3 mln dollarga, import hajmi esa 674,3 mln dollarga yetdi. – Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 607,2 mln dollarni (oʻsish 11,8%) tashkil etib, eksport hajmi 462,7 mln dollarga, import hajmi esa 144,5 mln dollarga yetdi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozogʻistonga toʻgʻri keladi – 62%, qolgan qismi: Qirgʻiziston – 16%, Turkmaniston – 13% va Tojikiston – 9%
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid