platina.uz

Andijonlik ikki qizni Turkiyaga fohishalikka joʻnatayotgan ayol Toshkent aeroportida qoʻlga olindi

Jamiyat
29-dekabr 2022 yil
Andijonlik ikki qizni Turkiyaga fohishalikka joʻnatayotgan ayol Toshkent aeroportida qoʻlga olindi
2022 yil 16 dekabr kuni Andijon viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Odam savdosiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Shahrixon tumanida yashovchi ayol X.G Andijon tumanida yashovchi E.N va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 AQSh dollari olishga kelishib oladi. Kelishilgan 700 AQSh dollari hisobidan 150 AQSh dollarini olib, E.N va M.M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga joʻnatib yuborayotgan vaqtida Tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+