platina.uz
Jamiyat

Andijonda ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun joʻnatayotgan ayol qoʻlga olindi

Andijonda ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun joʻnatayotgan ayol qoʻlga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida 16 dekabr kuni 2 nafar fuqaroni Turkiyaga fohishalik uchun yuborayotgan ayol qoʻlga tushdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 16 dekabr kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB Odam savdosiga qarshi kurashish boʻlinmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD JQX UJQKB Odam savdosiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro E.N.ning arizasiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi ayol X.G Andijon tumanida yashovchi E.N va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 AQSh dollari olishga kelishib, kelishilgan 700 AQSh dollari hisobidan 150 AQSh dollarini olib, E.N va M.M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga joʻnatib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid