platina.uz
Jahon

2022 yilda dunyo boʻylab qancha jurnalist halok boʻlgani maʼlum qilindi

2022 yilda dunyo boʻylab qancha jurnalist halok boʻlgani maʼlum qilindi
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti xabar berishicha, 2022 yilda dunyo boʻylab kamida 59 nafar jurnalist halok boʻlgan. Qayd etilishicha, halok boʻlganlarning 80 foizi qasddan oʻldirilgan. Meksika ketma-ket toʻrtinchi yil jurnalistlar uchun eng xavfli davlat boʻlib qolmoqda. Oʻtgan yili bu yerda uyushgan jinoyatchilik kabi nozik mavzularni yoritgan kamida 11 jurnalist oʻldirilgan. Yana yarim oʻnlab holatlarda hozirgacha meksikalik jurnalistlarning oʻlimi va ularning ishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni isbotlay olmadi. Avvalroq «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti ham 2022 yilda dunyo boʻylab kamida 65 nafar OAV xodimi oʻgʻirlab ketilganini taxmin qilgan edi. Bundan tashqari, 1 dekabr holatiga koʻra, dunyo boʻylab kamida 533 nafar jurnalist qamoqqa olingan. Bunday holatlarning yarmidan koʻpi beshta davlatda uchraydi: Xitoy, Myanma, Eron, Vetnam va Belarus.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid