platina.uz
Tahlil

Vakant lavozimlarga eng koʻp ochiq tanlov oʻtkazgan tashkilotlar maʼlum qilindi

Vakant lavozimlarga eng koʻp ochiq tanlov oʻtkazgan tashkilotlar maʼlum qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlariga yagona ochiq portal — vacancy.argos.uz orqali eng koʻp tanlov oʻtkazgan tashkilotlarning TOP-10 taligi eʼlon qilindi. Yoshlar ishlari agentligi 16 152 ta vakant joyga ochiq tanlov oʻtkazgan va 1-oʻrinni egallagan. Eng koʻp tanlov oʻtkazib, TOP-10 talikka kirgan vazirlik va idoralar:
  • Yoshlar ishlari agentligi — 16 152 ta
  • Davlat soliq qoʻmitasi — 12 369 ta
  • Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi — 11 877 ta
  • Moliya vazirligi — 9 573 ta
  • Xalq taʼlimi vazirligi — 7 100 ta
  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 5 857 ta
  • Maktabgacha taʼlim vazirligi — 5 542 ta
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — 2 862 ta
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — 2 568 ta
  • Davlat statistika qoʻmitasi — 2 506 ta
Maʼlumot uchun, ochiq portal — vacancy.argos.uz’ga 78 ta davlat organi va tashkiloti, 208 ta tuman (shahar) hokimligi ulangan boʻlib, ular tomonidan mavjud vakant lavozimlar uchun jami 140 mingdan ortiq tanlov eʼlon qilingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid