platina.uz
Jamiyat

Koreya OKMK uchun 12 mln dollar grant ajratadi

Koreya OKMK uchun 12 mln dollar grant ajratadi
25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln AQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi boʻyicha qaror qabul qilindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Mazkur grant mablagʻlari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining Oʻzbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi. Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid