platina.uz
Jamiyat

Yil sarhisobi: Qator xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻz oʻrnini yaxshiladi

Yil sarhisobi: Qator xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻz oʻrnini yaxshiladi
Jahon miqyosida Oʻzbekiston nufuzini oshirishda, mavqeini mustahkamlashda xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati katta. Reytinglar mamlakatdagi inson huquqlari himoyasi, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy oʻsish kabi muhim jihatlarga koʻzgu tutadi. 2022 yilda eʼlon qilingan xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻz oʻrnini yaxshiladi. Masalan, GovTech Enablers indeksining raqamli koʻnikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar koʻrsatkichi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinni egallab, oʻtgan yilga nisbatan 65 pogʻonaga koʻtarildi. Jahon banki tomonidan Davlatlarning texnologik tayyorgarligi indeksi (GovTech Maturity Index)da mamlakatimiz 198 davlat orasida 43-oʻrinni egallab, 37 pogʻonaga koʻtarildi. Matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston birdan 24 pogʻonaga yuqoriladi — 157-oʻrindan 133-oʻringa.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid