platina.uz
Jamiyat

Toshkentga olib kelinadigan 1000 ta avtobus nimani hisobiga moliyalashtiriladi?

Toshkentga olib kelinadigan 1000 ta avtobus nimani hisobiga moliyalashtiriladi?
AOKAda oʻtkazilgan brifingda "Toshshahartransxizmat"AJ axborot xizmati rahbari Muslima Obidova avtobus saroylarining haydovchilar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularga qoʻyilayotgan talablar va yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, joriy yilda 420 ta avtobus va elektrobuslar xarid qilinib, qatnovga qoʻyilgan. Avtobuslar harakati va toʻlovlar tizimi raqamlashtirilgan. Taʼmirtalab avtobuslarni taʼmilash, ehtiyot qismlar va moylash materiallarini taʼmirlash uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan 5,0 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. 21 dekabr maʼlumotiga koʻra, yoʻlovchilar soni va tushumlar mos ravishda 570 130 nafar hamda 629,2 mln soʻmni tashkil etdi. Bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida 148 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, yoʻlovchilar oqimining koʻpayish prognozidan kelib chiqib, jamoat transportining 167 ta yoʻnalishdan iborat yangi tarmogʻi shakllantirildi. Bu yoʻnalishlarni taʼminlash va Toshkent shahrida jamoat transportiga boʻlgan talabni toʻliq qondirish uchun yana 1000 ta katta sigʻimli avtobus zarur. Bu orqali avtobuslarning oraliq intervali 7-10 daqiqagacha qisqartiriladi. Taʼkidlanishicha, ayni paytda Transport vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorlikda Toshkent shahar jamoat transportiga qoʻshimcha 1000 ta katta sigʻimli avtobuslarni olib kelish uchun moliyalashtirish manbasiga aniqlik kiritilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid