platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Qatarning mamlakatimizdagi Elchixonasi ochiladi

Toshkentda Qatarning mamlakatimizdagi Elchixonasi ochiladi
Toshkentda Qatarning mamlakatimizdagi Elchixonasi ochiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Facebook'dagi sahifasida bildirdi.Ishonchim komilki, Qatar diplomatik missiyasining 2023 yildan boshlab faoliyat yuritishi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi”, deb yozgan vazir oʻz sahifasida. 2022 yil 27 dekabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi. Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi va uning masʼuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Uchrashuvda parlamentlararo muloqotni kuchaytirish boʻyicha ham takliflar koʻrib chiqilgan. Ayniqsa madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid