platina.uz
Jamiyat

«Oʻzgidromet» 27 dekabr kungi ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

«Oʻzgidromet» 27 dekabr kungi ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi
Oʻzbekistonda 27 dekabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq 1 daraja iliq, kunduzi esa 8-10 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja iliq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, shimolda va choʻl hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi. Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi esa 7-12 daraja iliq boʻladi. ToshkentJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 3 daraja sovuq 2 daraj iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadibaʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shuningdek, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi esa 10-15 daraja iliq boʻladi. Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi esa 10-15 daraja iliq boʻladi. AndijonNamangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraj iliq, kunduzi esa 4-9 daraja iliq boʻladi. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraj iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid