platina.uz
Jamiyat

Markaziy bank yangi yil bayrami oldi aholini ogohlantirdi

Markaziy bank yangi yil bayrami oldi aholini ogohlantirdi
Internet tarmogʻi hamda ijtimoy tarmoqlarda koʻrinishidan banklar, toʻlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga oʻxshash sohta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli sohta kanallarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda ular orqali yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovgʻalar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar koʻpaymoqda. Ularning xaqiqiyligini rasmiy manbalardan tekshirmaslik, firibgarlarning aldoviga ishonib sohta veb-sayt va kanallarda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish natijasida ayrim foydalanuvchilar oʻzlarining plastik karta bilan bogʻliq hamda bank yoki toʻlov tashkilotlarining mobil ilovasi akkauntlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, sir tutilishi lozim boʻlgan bir martalik tasdiqlash kodlarni oshkor etmoqda. Firibgarlar yuqoridagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritsa, ulardan foydalanib mobil ilovalarni ruxsatsiz boshqarish xuquqiga ega boʻlishi mumkin. Bunday nohush xolatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank ogohlantiradi:
  • eʼlonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari va boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshiring;
  • veb-sahifaning rasmiyligiga ishonch xosil qilmasdan ularga oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritmang;
  • ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotoreya oʻyinlari toʻgʻrisidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan turib ochmang;
  • oʻzingiz rasmiy ekanligiga ishonch xosil qilmagan veb-sahifalar havolalarini boshqalarga tarqatmang.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid