Jizzaxda yer qimirladi

Tojikistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 27 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 03:55 da Tojikistonda zilzila sodir boʻlgan.
Zilzila koordinatalari: 39,58 gradus shimoliy kenglik; 67,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 221 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Baxmal tumani – 2 ball, 19 km.
