platina.uz
Sport

Ikrom Aliboyev Koreyaning "Kanvon" klubiga transfer qilindi

Ikrom Aliboyev Koreyaning "Kanvon" klubiga transfer qilindi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev Koreyaning "Kanvon" klubiga transfer qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, yarim himoyachi faoliyatini Koreyaning "K" liga ishtirokchisi safida davom ettiradi. "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Ikrom Aliboyev 2022 yilgi mavsumda "Paxtakor" bilan Superligada gʻolib chiqdi. Koreyaning "Kanvon" klubi yurtimizda mavsum yakuniga yetgach, Aliboyevni oʻz tarkibiga qoʻshib olish istagi haqida maʼlum qildi. Klublar oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng Ikrom faoliyatini "Kanvon" safida davom ettiradigan boʻldi. U mazkur jamoaga transfer qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid