platina.uz
Jamiyat

Gulistondagi dorixonada janjal yuz berdi

Gulistondagi dorixonada janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Guliston shahrida sodir boʻlgan holat boʻyicha tarqalgan video tarqaldi. Ushbu lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, 26 dekabr kuni soat 02:39da Guliston shahar IIBga Sirdaryo viloyati 102 xizmati bergan xabariga koʻra roʻyxatga olinib, Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan holat ishtirokchilari aniqlanib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Olib borilgan tergov oldi surishtiruv harakatlariga koʻra fuqaro D.R. turmush oʻrtogʻiga S.T ning betobligi sababli ayollarga kerakli boʻlgan dorini doʻstlari oldida soʻramaslik maqsadida sotuvchi Yu.T ga yaqinroq kelishini talab qilgan vaqtda oʻzaro gap talashib qolishgan natijada video lavhadagi holat yuz berganligi aniqlangan. Protsessual harakatlar yakuniga koʻra aybdorlarga qonuniy chora koʻrilib, qonun ustuvorligi taʼminlanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid