platina.uz
Jamiyat

Birja savdolarida bir hafta ichida qariyb 14 ming tonna shakar sotildi

Birja savdolarida bir hafta ichida qariyb 14 ming tonna shakar sotildi
Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 19 – 25 dekabr kunlari «Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 3 568,3 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 39,0 foizga koʻpdir. Bunda sotuvlarning 67,7 foiz - birja savdolari; 0,02 foiz - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 32,1 foiz - elektron davlat xaridlari va 0,2 foiz - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 616,3 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 169,9 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi. Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 525 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 2,9 birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 7,9 foiz ikkinchi; 9,2% uchinchi; 10,4 foiz toʻrtinchi; 21,2 foiz beshinchi va 48,4 foiz oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir. Birja savdolari Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 415,0 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan: Shakar Birja savdolariga 14 001,0 tonna shakar qoʻyildi va uning 13 951,0 tonnasi, yaʼni 99,6 foiz qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 279 xaridor ishtirok etdi. Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 10 243,1 ming soʻmdan 10 001,9 ming soʻmgacha pasaygan. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 10 217,3 ming soʻmni tashkil etdi. Suyultirilgan gaz Oʻtgan haftada birja savdolariga 7 302,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va uning butun hajmi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 253 xaridor ishtirok etdi. Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 570,2 ming soʻmdan 3 893,6 ming soʻmgacha pasaygan. Sement Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolarida 56 845,0 tonna sement sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 11,4 ming tonnani tashkil qildi. Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 608,5 ming soʻmdan 605,2 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 98 xaridor ishtirok etdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid