platina.uz
Jamiyat

Andijon shahrining sobiq hokimi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilidi

Andijon shahrining sobiq hokimi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilidi
Andijon shahrining sobiq hokimi B.Haydarov 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Fargʻona viloyat sudi binosida B. Xaydarov (1972 yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, Andijon shahar hokimi lavozimlarida ishlagan), S. Yulchiyeva (1976 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, Andijon shahar XTB markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida bosh hisobchi lavozimida ishlagan), K. Asqarov (1982 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, Andijon shahar prokurori, Andijon viloyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi lavozimilarida ishlagan), F. Mullajanov (1983 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan), Sh. Xashimov (1990 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasining mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetlarini shakllantirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 45 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2022 yil 26 dekabrdagi hukmiga koʻra:

B. Xaydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. B. Xaydarovga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi hamda 61-moddasi tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari boʻyicha Izboskan tuman sudining 2022 yil 13 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazo toʻliq qoʻshilib, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va  bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, yaʼni 85 750 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

S. Yulchiyeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. S. Yulchiyevaga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudining hukmi bilan tayinlangan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish va 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalgan 9 oy 10 kun muayyan huquqdan mahrum qilish va 9 oy 3 kun axloq tuzatish (3 oy 3 kun uy qamogʻida oʻtirgan muddati oʻtalgan hisobidan qoʻshiladi) ishlari jazosi, tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 2 yil 2 oy 20 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 11 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtash uchun qoldirildi.

K. Asqarov  Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

F. Mullajanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sh. Xashimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qolgan 40 nafar sudlanuvchi sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi boʻyicha Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 207, 208, 209, 211, 28,211, 228 va 243 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlandi.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 63 mlrd. soʻmdan ziyod miqdoridagi moddiy zararning 16 mlrd. soʻmdan ortigʻi qoplangan boʻlib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid