platina.uz
Jamiyat

14 ta tumanda huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi

14 ta tumanda huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi
26 dekabr kuni prezidentning «Mahalla byudjeti» tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi [PQ-458-sonli] qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi. Qarorga koʻra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan va soliqlarni undirish koʻrsatkichi past boʻlgan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi. Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasigacha tuman byudjetlari orqali tegishli Jamgʻarmalarga yoʻnaltiriladi. 2023 yil 1 martgacha mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan, toʻlangan mablagʻlar va soliq qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi. “Mahalla byudjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablagʻlar “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan boshqariladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid