platina.uz
Jahon

Tolibon ayollarga nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqladi

Tolibon ayollarga nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqladi
Tolibon barcha mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarga ayol xodimlarning faoliyatini toʻxtatishni buyurdi. Bu haqda Alarabiya xabar berdi. Qayd etilishicha, ayollarga keyingi ogohlantirishgacha ishlashga ruxsat berilmaydi. Taqiqlanish ularning ayrimlari islomiy kiyinish qoidalariga amal qilmagani bilan izohlanadi. Avvalroq Afgʻoniston hukumati ayollarga universitetlarda oʻqishni taqiqlagan edi. Tolibon cheklovni «milliy manfaatlar» va «ayol shaʼni»ni saqlab qolish, shuningdek, oʻquv dasturini islom meʼyorlari asosida oʻzgartirish zarurati bilan izohladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid