platina.uz
Jamiyat

Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan soʻng yana ishga tushirildi

Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan soʻng yana ishga tushirildi
Termiz xalqaro aeroporti 26 dekabr kuni 55 kunlik tanaffusdan soʻng birinchi reysni qabul qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Termiz yoʻnalishi boʻyicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yoʻlovchi bilan soat 08:15 da Termiz aeroportiga kelib qoʻngan. Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari va uchta samolyot toʻxtash joyi uchun perronni oʻz ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurilgan. Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qoʻnish tizimlari oʻrnatilgan. Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard soʻmga baholanmoqda. Ayni paytda 377 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yoʻlagi 2023 yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Termizdagi yangi aerodromning uchish-qoʻnish yoʻlagi betondan qurilgan. Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik koʻrilayotgani munosabati bilan 1 noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yoʻnaltirilib kelingan edi. Aeroport terminali ham rekonstruksiya qilinib, 2019 yilda foydalanishga topshirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid