platina.uz
Jamiyat

Sportni rivojlantirish vaziri yana bir lavozimga saylandi

Sportni rivojlantirish vaziri yana bir lavozimga saylandi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Ikramov Adham Ilhamovich Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi lavozimiga saylangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sababdan, Sportni rivojlantirish vazirligi quyidagi maʼlumotlarga izoh beradi. Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi yangi taʼsis etilgan lavozim boʻlib, unga Prezident tavsiyasi boʻyicha Adham Ikramov saylangan. Maʼlum qilinishicha, bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi. Vazirlik bergan bayonotga koʻra, ayni vaqtda Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham oʻz ishini davom ettirmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid