platina.uz
Jamiyat

Namanganda “geroin” sotuvchisi boʻlgan qirgʻiz fuqarosi qoʻlga olindi

Namanganda “geroin” sotuvchisi boʻlgan qirgʻiz fuqarosi qoʻlga olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ogʻir turdagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda. Xususan, “Toshkent-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Neksiya 2” rusumli avtomashina Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Sherobod” yoʻl-patrul xizmati maskanida toʻxtatildi. Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Andijon shahrida vaqtincha yashovchi, 1973 yilda tugʻilgan Qirgʻiz Respublikasi fuqarosiga tegishli 996 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, tojikistonlik narkokurʼerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga oʻtkazib berilgan ushbu ajal ogʻusini mazkur shaxs Fargʻona vodiysida sotishni rejalashtirgan. Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid