platina.uz
Jamiyat

Maktablarda “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi

Maktablarda “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi. Unga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan, gimnastika sport turlari boʻyicha sport maktabining boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan dastur asosida “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shugʻullantirish boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyiladi. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida birinchi bosqichda Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda – Gimnastika markazlari) tashkil etiladi. Gimnastika markazlari oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlaydi. Gimnastika markazlari oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi. Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabida 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgan holda, oʻqish muddati 11 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchi qabul qilinadi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish choralari koʻriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid