platina.uz
Jamiyat

Kelgusi hafta Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Kelgusi hafta Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
"Oʻzgidromet" markazi Oʻzbekiston boʻylab 27-30 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5°iliq boʻladi. XORAZM VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, 27 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 28-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2-7°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 2-7°iliq boʻladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12°iliq, 29-30 dekabrda 0-5°sovuq, kunduzi 3-8°iliq; Navoiy viloyatining shimolida 27 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-30 dekabrda kechasi  5-10°sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi. TOShKENT, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi faqat 28 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-dekabr kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-30 dekabrda 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi. SAMARQAND VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, 27-28 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 29-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabr kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-30 dekabrda 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi. QAShQADARYo  VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, 27 dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 28-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 dekabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29-30 dekabrda 0-5°iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi. SURXONDARYo VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 dekabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29-30 dekabrda 0-5°iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7°iliq, boʻladi. RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 27-28 dekabrda 2-7° iliq, 29-30 dekabrda 0-5° iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid