platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda er xotinini pichoqlab oʻldirdi

Jizzaxda er xotinini pichoqlab oʻldirdi
Jizzaxda er va xotin oʻrtasidagi janjal oʻlim bilan yakun topdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 19 dekabr kuni soat 18.00 larda 1972 yilda tugʻilgan B.I va turmush oʻrtogʻi N.I lar oʻrtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida B.I. qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan turmush oʻrtogʻining oʻng yelka qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda 1975 yilda tugʻilgan N.I. ogʻir tan jarohati olib RShTYoIMning Jizzax filialida koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. B.I. protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104- moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 22 dekabr kuni Jizzax viloyati IIB, Sh.Rashidov tumani IIB hamda viloyat va tuman prokuraturasi, sektorlar, tuman hokimligi masʼul rahbarlari mahallada aholi ishtirokida jinoyat muhokamasini oʻtkazishgan. Taʼkidlash joiz, gumonlanuvchi B.I. shu vaqtga qadar spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida IIOning profilaktik hisobida turmagan. Shuningdek ushbu oila mahallada ijobiy tavsiflanib, janjalkash oilalar roʻyxatida turmagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid