platina.uz
Jamiyat

Dubayda saratondan xastalanib, ogʻir ahvolga tushib qolgan vatadoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

Dubayda saratondan xastalanib,  ogʻir ahvolga tushib qolgan vatadoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi Birlashgan Arab Amirliklarida ogʻir kasallikka chalingan vatandoshimizning Oʻzbekistonga qaytishiga koʻmaklashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA. Mamlakatimiz konsullik vakolatxonasidan olingan maʼlumotga koʻra,  vatandoshimiz B.M. saraton kasalligiga chalinib, ahvoli ogʻirlashib qolgani  sababli ish oʻrnini yoʻqotgan, tibbiy muolajalar olish maqsadida barcha mablagʻini sarflab qoʻygan. Shu bois u Bosh konsulxonaga murojaat qilib, Vatanga qaytish yuzasidan koʻmak soʻragan. Konsulxona xodimlarining BAAda faoliyat yuritayotgan xalqaro xayriya tashkilotlari va "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan olib borgan muzokaralari natijasi oʻlaroq, yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi. Uning Oʻzbekistonga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, "Dubay-Toshkent" yoʻnalishi boʻyicha bepul avia chipta bilan taʼminlangan va kecha Oʻzbekistonga uchib kelgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid