platina.uz
Jamiyat

Vazirliklar soni qisqarmoqda va vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari hamda jamoatchilik oldidagi siyosiy masʼuliyati oshirilmoqda

Vazirliklar soni qisqarmoqda va vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari hamda jamoatchilik oldidagi siyosiy masʼuliyati oshirilmoqda
Hukumatda amaldagi 8 nafar Bosh vazir oʻrinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir oʻrinbosari qoldirilmoqda. Bosh vazir oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida vazir yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boshqa davlat idoralari faoliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarmaydi. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida amaldagi 269 ta shtatdan 120 tasi qoladi. Bunda: – iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha kotibiyatlar, – departamentlar va ular huzuridagi boʻlimlar, shuningdek, – Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, – Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi, – Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatilmoqda. Uning oʻrniga Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan taʼminlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinmoqda. Vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi siyosiy masʼuliyati hamda javobgarligi keskin oshirilmoqda. Ularning sohaga ajratiladigan mablagʻlarni ishlatishdagi mustaqilligi belgilanmoqda. Shuningdek, ajratilgan mablagʻlar va umumiy shtat birligi doirasida vazirlarga oʻz tuzilmasini mustaqil belgilash vakolati berilmoqda. Vazirlar konstitutsiyaviy maqomidan foydalangan holda, Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan tizim joriy etilmoqda. Yaʼni, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar vazirlar ishtirokida muhokama qilinib, kollegial hal etiladi. Sodda qilib aytganda, vazirlar: – yangi qaror loyihalarini oʻzlari ishlab chiqadi; – qaror loyihasining dolzarbligi, tashkiliy-moliyaviy mexanizmlari va kutilayotgan natijalarini Hukumat aʼzolari oldida oʻzlari himoya qiladi. Vazirlik va idoralarning funksiyalari qayta koʻrib chiqilib, bir-birini takrorlaydiganlari qisqartiriladi. Bunda, xususiy sektorga oʻtkazilayotgan davlat funksiyalari kamida 3 barobarga koʻpaytiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid