platina.uz
Jamiyat

Toshkentda YTH sabab voyaga yetmagan yoʻlovchi vafot etdi

Toshkentda YTH sabab voyaga yetmagan yoʻlovchi vafot etdi
Toshkentda ikkita avtomobil ishtirokida YTH natijasida 11 yoshli qiz vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, 18 dekabr kuni taxminan soat 17.30 larda Choʻponota koʻchasida 1983 yilda tugʻilgan U.T. boshqaruvidagi davlat raqami 01 T 711 PB boʻlgan "Lacetti" rusumli avtomashina yoʻl chetidan orqaga harakatlanayotgan 1960 yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01 N 300 KB boʻlgan "Cobalt" rusumli avtomashina bilan toʻqnashgan. YTH oqibatida "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi U.T., "Cobalt" rusumli avtomashina haydovchisi M.A. va yoʻlovchisi 2011 yilda tugʻilgan M.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan 2011 yilda tugʻilgan M.M. vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid