platina.uz
Jamiyat

Prezident yangi farmon va qaror imzoladi. Boshqaruv tizimida nimalar oʻzgaradi?

Prezident yangi farmon va qaror imzoladi. Boshqaruv tizimida nimalar oʻzgaradi?
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20 dekabr kuni Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish koʻpligi, keraksiz shtatlar borligi, markazlashuv yuqoriligini, oqibatda bugungi murakkab masalalarga toʻgʻri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanayotganini qayd etgan edi. Shu munosabat Davlatimiz rahbari ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtish, Hukumat, vazirliklar va hokimliklarning ish faoliyatini tubdan isloh qilish, ular faoliyatining mezoni sifatida faqat va faqat odamlarni rozi qilishni belgilash maqsadida keng koʻlamli maʼmuriy islohotlarni ilgari surgan edi. Uzoq tayyorgarlik koʻrilgan va chuqur tahlil qilingan ushbu islohotlarni hayotga joriy etish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz hayotida tarixiy ahamiyatga ega hujjat — “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha qaror imzolandi. Yangi farmon va qaror bilan nimalar oʻzgaradi? Eng avvalo, 2023 yil 1 yanvardan boshlab: Hukumatga boʻysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora toʻliq tugatilmoqda; barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi; ilgʻor xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiyadan iborat boʻladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlib, tarmoqqa kiruvchi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid