platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda gazdan noqonuniy foydalanayotgan isteʼmolchilar aniqlandi

Oʻzbekistonda gazdan noqonuniy foydalanayotgan isteʼmolchilar aniqlandi
Oʻzbekistonda 21-22 dekabr kunlari 3 holatda isteʼmolchilarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, 21-22 dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda 3 ta holatda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) 7,3 mlrd soʻmlik boʻlgan 7,3 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jumladan:
  • Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanida joylashgan «GAZXIZMATTAʼMINOT» korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasning oʻlchov tarmogʻiga tashqi taʼsir koʻrsatgan holda 2,9 mlrd soʻmlik;
  • Gʻuzor tumanida joylashgan «TAZIB» MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va oʻrnatilgan muhrlarga tashqi taʼsir koʻrsatilgan holda 3,5 mlrd soʻmlik;
  • Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan «ENERGO MAShTRANS IMPEX» MChJ tomonidan oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻi kirish zulfiniga oʻrnatilgan bir marotabalik tamgʻani buzgan holda 921 mln soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi maʼlum boʻldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid