platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston harbiy prokuroriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston harbiy prokuroriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi
Adliya polkovnigi Otabek Xolboyev va Qaxramon Anvarovich yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya polkovnigi Otabek Akbarovich Xolboyev Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Otabek Xolboyev Toshkent harbiy prokurori lavozimida ishlagan. Shuningdek, Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya podpolkovnigi Qaxramon Anvarovich Isroilov Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Q.Isroilov tayinlovga qadar Navoiy harbiy prokurori lavozimida ishlagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid