platina.uz
Jamiyat

Oliy Majlis Senatining oʻttiz oltinchi yalpi majlisi 2022 yil 27 dekabr kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining oʻttiz oltinchi yalpi majlisi 2022 yil 27 dekabr kuni chaqiriladi
Boʻlib oʻtadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʻnalishlar, shuningdek, “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi, “2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030 yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish boʻyicha 2023 yilga moʻljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi. Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid