platina.uz
Jamiyat

Namanganda bank xodimi mijozlarini chuv tushirdi

Namanganda bank xodimi mijozlarini chuv tushirdi
Namanganda bank xodimi oʻz mavqeidan foydalangan holda mijozlarining plastik kartochkalaridan 86 million soʻmdan ortiq pullarni oʻzlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, ularning bank kartasidan jami 86 million soʻmdan ortiq pullari nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻrashgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxslar Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 2000 y.t., bank xodimi U.A. va uning ish oʻrganuvchisi (stajyor) O.A. birgalikda amalga oshirganliklari aniqlangan. Jinoyatchilar xizmat mavqeidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni oʻzlashtirganliklari maʼlum boʻldi. U.A. va O.A.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid