platina.uz
Sport

Messi «PSJ»da qolishga qaror qildi

Messi «PSJ»da qolishga qaror qildi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi «PSJ»da qoladigan boʻldi. Bu haqda insayder Gilem Balage xabar berdi. Qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi Qatarda oʻtgan turnirdan keyin Fransiya klubi safida qolishga qaror qilgan. Tez orada futbolchi boʻyicha rasmiy xabar beriladi. Jurnalistning aytishicha, futbolchining otasi va agenti Xorxe «PSJ» direktori Luish Kampush va klub prezidenti Nosir Al-Hilayfi bilan toʻrt oy davomida muzokara olib borgan. Messi va Parij klubi oʻrtasida yozda «1+1» koʻrinishida yangi shartnoma imzolanadi. Unga koʻra, Messining klubdagi maoshi yana oshiriladi. Taxminlarga koʻra, futbolchining maoshi yiliga 41 mln yevroni tashkil etadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid