platina.uz
Jamiyat

Har bir vazirlikning yil davomida erishishi zarur boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) belgilanadi

Har bir vazirlikning yil davomida erishishi zarur boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) belgilanadi
Vazirlar har yil boshida oʻzining oʻrinbosarlari kesimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi. Xuddi shu kabi, vazirliklarning joylardagi boʻlinmalari rahbarlari ham maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha hududiy rivojlanish dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi. Vazirlar va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining yil yakuniga qadar ushbu dasturlar ijrosi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganligi yuzasidan ochiq hisobot berishi belgilanmoqda. Davlat boshqaruvida ochiqlikni taʼminlash, raqamli boshqaruv modeliga oʻtish maqsadida vazirliklarning buyruq va qarorlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida vazirliklarda: ● masofaviy “onlayn qabul”, “virtual tashrif“ kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ish uslublari kengaytiriladi; ● energiya sarfi bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalar joriy etish hisobiga kamaytiriladi. Umuman, farmon va qaror bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va ish tizimini takomillashtirish boʻyicha yana bir qator yangiliklar joriy etilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid