platina.uz
Jahon

AQShda qor boʻronlari tufayli 5 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi

AQShda qor boʻronlari tufayli 5 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi
AQShda kuzatilayotgan qor boʻronlari oqibatida kamida 9 kishi halok boʻldi. Bu haqda CNN xabar berdi. Qayd etilishicha, qor boʻronlari Ogayo, Missuri, Kentukki va Kanzas shtatlarida kuzatilgan. Natijada noqulay ob-havo tufayli YTH koʻpaygan va halok boʻlganlar soni ortgan. Shuningdek, shtatlarda havo harorati rekord darajada pasaygan, jumladan, Vayomingda 41 daraja sovuq qayd etilgan. Natijada Jorjiya, Kentukki, Nyu-York, Oklaxoma, Shimoliy Karolina va Janubiy Dakotada favqulodda holat eʼlon qilingan. Juma kuni qor boʻronlari tufayli 5.4 ming aviareys bekor qilingan. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 590 ming kishi elektrsiz qolgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid