platina.uz
Jamiyat

24 ta davlat boshqaruvi organining tashkiliy boʻysunuvi oʻzgaradi

24 ta davlat boshqaruvi organining tashkiliy boʻysunuvi oʻzgaradi
Prezident farmoniga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy boʻysunuvi oʻzgaradi. Qoʻmitalar: Davlat statistika qoʻmitasiStatistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Oʻzbekiston Prezidenti huzuriga oʻtkazilmoqda; Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiMudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasiMadaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiOʻrmon xoʻjaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Davlat soliq qoʻmitasiSoliq qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Davlat bojxona qoʻmitasi – Bojxona qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiOila va xotin-qizlar qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Agentliklar; Yoshlar ishlari agentligiYoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Prezident taʼlim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; «Oʻzarxiv» agentligi – Adliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuriga oʻtkazilmoqda; Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Inspeksiyalar: Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obʼektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda; Boshqa organlar: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid