platina.uz
Jahon

Vladimir Zelenskiy komandasi “tinchlik formulasi” rejasi ustida ishlamoqda

Vladimir Zelenskiy komandasi “tinchlik formulasi” rejasi ustida ishlamoqda
Vladimir Zelenskiy jamoasi harbiy mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish rejasi ustida ishlamoqda. U oʻnta elementdan iborat boʻladi. Taxminlarga koʻra, Kiyev “tinchlik formulasi”ni 24 fevral – bosqinchilik boshlanganligining bir yilligida taqdim etadi. Hisoblash rejasi oʻn banddan iborat boʻladi, ammo ular nimalardan iboratligi hali nomaʼlum. Bu haqda "The Washington Post" nashri yevropalik va ukrainalik diplomatlarga tayanib yozgan. Nashrning qayd etishicha, har qanday mumkin boʻlgan muzokaralarda Ukraina Moskvadan “sezilarli imtiyozlar” talab qilishi mumkin. Biroq Kiyevning pozitsiyasi jang maydonidagi vaziyatga bogʻliq boʻladi va shuning uchun Ukraina rasmiylari harbiy gʻalabalarga erishgan holda Rossiya bilan ehtimoliy muloqotga tayyorgarlik koʻrishni rejalashtirmoqda. Kecha, 22 dekabr kuni Vladimir Putin Rossiya  “bu urushni tugatish”ni istashini aytgan. Bundan oldin, Sergey Shoygu bosqinchi maqsadlarga toʻliq erishilgunga qadar davom etishi kerakligini aytgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid