platina.uz
Jamiyat

Samarqandda Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati cheklanadi

Samarqandda Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati cheklanadi
Samarqand shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakati 5 yanvarga qadar vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, Samarqand shahar hokimining 2022 yil 19 dekabrdagi farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, “Prezident archasi” tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning quyidagi koʻchalarida 2023 yilning 5 yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:
  • Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish koʻchasi va Koʻksaroy maydonida;
  • Alisher Navoiy va Kamol ota Turk koʻchasi kesishmasida;
  • Beruniy koʻchasining Rudakiy koʻchasi bilan kesishgan qismidan Temiryoʻl vokzali maydonigacha;
  • Turkiston koʻchasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan oʻtgan 200 metr qismida;
  • Kimyogarlar qoʻrgʻoni Umid koʻchasining Ziyokorlar koʻchasi bilan kesishgan tutashmasidan Dargʻom koʻchasigacha boʻlgan qismida;
  • Kimyogarlar qoʻrgʻoni Dargʻom koʻchasining “Nurafshon” sanʼat saroyi oldidan oʻtgan qismida;
  • Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining Almati koʻchasi bilan kesishmasidan Mevali koʻchasigacha boʻlgan qismida;
  • Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan oʻtgan qismida;
  • Farhod qoʻrgʻonidagi “Zarafshon” istirohat bogʻiga tutash koʻchalarda;
  • Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan oʻtuvchi tutash koʻchalarda;.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid