platina.uz
Jamiyat

Rasul Kusherbayev ortidan yana bir deputat faoliyatini yakunladi

Rasul Kusherbayev ortidan yana bir deputat faoliyatini yakunladi
Bugun, 23 dekabr kuni Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edi. Uning ortidan  Toshkent shahar xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining OʻzLiDeP partiyasidan deputat Nuriddin Zaynitdinov ham oʻz xohishiga koʻra deputatlik faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi. Nuriddin Zaynitdinov deputatlar ogʻzini yopish, qasddan ularni pozitsiyasini bildirishiga qarshiliklar koʻrsatilishini aytmoqda.
"Deputatlarga bosim boʻlsa, hamma jim... Deputatlarga qamamoqchi boʻlsa, hamma jim... Deputatlarga taʼqib qilsa, hamma jim... Mahalliy Kengash deputatlari daxlsizligi bir tuman bilan cheklansa, hamma jim... Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatga kafolatlangan soʻz berilmasa, hamma jim... Gapirma!  Indama! Aralashma!  Qachongacha bunday gaplarni eshitamiz?! Deputatning gapirishdan boshqa nimasi qolmoqda? Endi shungayam yoʻl berilmasa...", - deydi deputat.
U Rasul Kusherbayevni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. Deputat boʻlib, emin-erkin deputatlik qilolmaydigan sharoitda ishlab boʻlmasligini taʼkidlagan. Uning aytishicha, 2022 yilni oʻzida 2-3 marotaba unga boʻlgan bosimlar va noqonuniy ishlarni aybdorlariga shu kungacha chora ham koʻrilmagan. Hatto, oilasi, qarindoshigacha taʼqib va bosim qilishgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid