platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi quriladi

Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi quriladi
23 dekabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026 yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) oʻrnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi oʻzgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid